STUDY IN ITALY – ITALIYADA TA’LIM
24-25 MART | ONLAYN
ITALIYADA TA’LIM ko’rgazmasiga xush kelibsiz!
Hurmatli Abituriyent, Talaba, Ota-Ona va Ustozlar,
WORLD EXPO jamoamizning “ITALIYADA TA’LIM” nomli navbatdagi ta’lim ko’rgazmasida sizni ko’rishdan bag’oyat xursandmiz. Ushbu tadbirimiz Karantin cheklovlari tufayli onlayn tarzda tashkil etilmoqda.
Quyida ko’rgazmamizni tashkillashtiriluvchi Virtual Platformadan qanday ro’yxatdan o’tish va samarali foydalanish bo’yicha yo’riqnomani havola etamiz. Umid qilamizki, ushbu yo’riqnoma sizni ko’rgazmada faol ishtirok etib, o’z orzungizdagi ta’lim dargohini oson va hech qanday qatnashish uchun to’lov yoki konsultativ maslahat xarajatlarisiz tanlashingizda siz uchun katta ko’maklardan biri bo’ladi.
12 ta dunyoning TOP universitetlari
50 dan ortiq bakalavriat, magistratura va doktorantura kurslari
Ko’plab yozgi ta’til lagerlar va til kurslari
Ro’yxatdan o’tish va foydalanish yo’riqnomasi

1. Ro’yxatdan o’tish
Agarda siz birinchi marta ushbu platformadan foydalanayotgan bo’lsangiz, u holda birinchi navbatda o’zingizni postlarda berib borilayotgan link orqali ro’yxatdan o’tasiz. Bu uchun siz ism, familiya, email manzil, telefon nomer va qaysi soha bo’yicha kurs izlayotganingizni so’ralgan kataklarga kiritasiz. Ushbu o’rinda sizdan Parol so’z ham so’raladi. Bu uchun o’zingizgagina ma’lum bo’lgan parol kiritasiz. Xuddi shu parolni xato kirilmaganligini tasdiqlash uchun undan keyingi katakka ham bir xil parolni qayta yozasiz. Bundan so’ng Platformadan foydalanish shartlariga roziligingizni ifodalovchi 2ta so’ralgan joyni ustiga bosib tasdiqlaysiz. Shundan so’ng REGISTER yoki RO’YXATDAN O’TISH tugmasini bosasiz.

2. Registratsiyadan o’tgach
REGISTER yoki RO’YXATDAN O’TISH tugmasini bosilganidan keyin yuqoridagi rasmdagidek ogohlantirish chiqadi. Shundan so’ng toki siz email pochtangiz orqali qatnashish uchun yuborilgan xabardagi Confirmation, ya’ni Tasdiqlash linkini bosmaguningizcha platformani ichki qismiga kirish ruxsati berilmaydi.

3. Email orqali tasdiqlash
Yuqorida aytib o’tilganidek pochtani tekshirib tasdiqlash haqidagi ogohlantirish chiqqanidan so’ng email pochtangizga kirib, WORLD EXPO kompaniyasi tomonidan yuborilgan avtomatik xabarni ochasiz va yuqoridagi rasmdagidek link, ya’ni havola qo’shilgan xabarni ko’rasiz. Ana shu ko’k rangli havola qo’shilgan yozuvni ustiga bosib platformaga kirasiz.

4. Ichki zalga kirish
Email pochtaga kelgan xabardagi ko’k rangli havolani bosilgach, qatnashuvchi kishi ushbu ichki zalga avtomatik ravishda tashrif buyuradi. Shundan so’ng Study in Italy deb yozilgan ko’rsatkichni yoki xohishiy rasm-videolardan birini ustiga bosilgach ko’rgazmada qatnashuvchi universitetlar ro’yxati chiqib keladi.

5. Qatnashchilar ro’yxati
Yuqorida aytilgan jarayonlardan keyin qatnashuvchiga ushbu rasmdagidek ko’rgazmada ishtirok etuvchi universitetlar ro’yxati chiqadi. Mana shu ro’yxat orqali qatnashuvchi universitetlarni logotipi, nomi, va qisqacha ko’rinib turuvchi ma’lumotlari orqali o’ziga ma’qullarini tanlab olishi mumkin yoki har biriga kirib ma’lumotlar va broshuralar orqali o’ziga ma’qul universitetni tanlay olasiz.

6. Individual stendlar
Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan ro’yxatdan o’ziga ma’qul universitetni tanlab ustiga bosilgach ana shu universitetning ichki to’liq ma’lumot beruvchi stendiga kiriladi. Stend ana shu tashkilotni ifodalab beruvchi video va uning atrofida bannerlar, tashkilotning to’liq nomi va logosini o’z ichida oladi. Bannerlarni to’liq ko’rish uchun videoning pastki qismida ikki tomonlama qilib berilgan qora strelkalardan xohlagan qaysidir tomonga barmoq orqali surish yordamida to’liq tarzda ko’rish mumkin bo’ladi.

7. Stend funksiyalari
Ana shu tashrif buyurilgan har bir tashkilotning nomi ko’rsatilib turuvchi joydan pastga qarab tortish orqali Stend Menyusiga tushiladi. Ushbu menyu kompaniya haqidagi Ma’lumotlar, Broshuralar, Videolar, Ochiq va Yopiq chat, Video qo’ng’iroq funksiyalarini o’z ichida olgan.
Menyudagi “About” tugmasi orqali universitet, uning tarixi, o’qish narxlari kabi ma’lumotlarni bilib olasiz.
Menyudagi “DOCUMENTS” tugmasi orqali PDF variantidagi broshuralarni yuklab olinishi mumkin.

8. Videolar
Stend menyusidagi “Videos” tugmasini bosish orqali ushbu universitetni eng ajoyib tarzda tasvirlab beruvchi videolar bazasiga erishasiz. Zero, ming bor eshitgandan ko’ra bir bor ko’rgan yaxshi!

9. Guruh holdagi chat
Stend menyusidan o’rin olgan “Public chat” tugmasini bosib sizni qiziqtirgan va bilishni xohlagan barcha savollaringizni o’zingiz uchun qulay bo’lgan 3tildan birida: Ingliz, O’zbek yoki Rus tillarida yozib qoldirishingiz mumkin. Shuni ham inobatga olingki, ba’zan siz savol yozgan paytda universitet vakili onlayn holda bo’la olmasligi mumkin. Shu uchun sizdan savolingizga birdan email manzilingizni ham shu orqali javob jo’nating deb yozib qo’ldirishingizni yoki savol yozilganidan keyin 15-20 minut yoki vaqtingiz qulayligiga qarab qaytadan savollar yozilgan stendni tekshirib turishingizni so’raymiz. Umid qilamiz, hech bir savol javobsiz qolmaydi. Tadbir davomida javobsiz qolgan savollarga biz qayta bog’lanib javob beramiz.

10. Shaxsiy chatlashish
Agarda ma’lum sabablar tufayli savollaringizga shaxsiy holda javob olishni xohlasangiz, u holda menyudagi “Private chat” tugmasini bosib savollaringizni yozib qoldirishingiz mumkin. Bundan tashqari ushbu tugmachada sizni savollaringizga javob bera oluvchi universitetning haqiqiy vakillarining email manzillari ko’rinib turadi. Tadbirdan keyin bog’lanaman degan maqsadda ushbu emaillarni o’zingiz uchun to’plab olishingiz ham mumkin.

11. Jonli konsultatsiya olish
Agarda siz ma’lum bir universitet vakili bilan jonli tarzda ZOOM orqali suhbat qurishni xohlasangiz, universitet nomi ko’rsatilib turuvchi joydan pastda va menyular panelidan yuqorida joylashgan oq fondagi “Book time to talk” tugmasini bosasiz. Ushbu tugma konsultantning mavjud bo’sh vaqtlari ro’yxatini ko’rsatib beradi. Undan pastdagi “Conference not started yet” degan tugma orqali ushbu universitetning ZOOM programmasidagi vebinar yoki konferensiyasi boshlanmagani yoki tugab bo’lganini ko’rsatadi. Agarda u qizil nuqta yonib turgan bo’lsa, ayni vaqtda vebinar davom etayotganini ifodalaydi.

12. Suhbat vaqtini belgilash
Yuqorida aytganimizdek “Book time to talk” tugmasini bosilgach yuqoridagi rasmdagidek mavjud bo’sh vaqtlar ro’yxati chiqadi. Ushbu ro’yxatdagi vaqtlardan qaysidir biri oldin bron qilingan bo’lsa, u qizil rangda turadi. Siz faqat oq rangli vaqtlarni tanlash mumkin. Qulay vaqt belgilash uchun sizga ma’qul vaqtni ustiga bir marotaba bosiladi va o’sha vaqt Zangor/Yashil rangga o’zgaradi. Shundan so’ng emailingizga pochta boradi belgilangan vaqt asosida.

13. Mobil yoki kompyuter?
Agar sizda shaxsiy kompyuteringiz mavjud bo’lmay faqat telefon orqali internetga bog’lana olayotgan bo’lsangiz, xavotir olmang. Buning ham yechimi juda oson.
Telefoningizning o’ng qo’l tomon yuqorisida ko’rinib turgan uch nuqtani bossangiz, yuqoridagi rasmdagidek oq fondagi menyular chiqadi. Ushbu menyulardan “Desktop site” ya’ni O’zbek va Rus tillarida Kompyuter sayt ma’nosini beruvchi tugmacha ustiga bosib Ptichka chiqadi.

14. Kompyuter ko’rinish
Shundan so’ng telefon avtomatik ravishda kompyuter ko’rinishidagi variantni ko’rsata boshlaydi. Ushbu holda ham barcha menyu va ularning funksiyalari tepadagidek bir xil ishlaydi. Ayrim telefonlarda ekran kichik ko’rsatishi mumkin, bu uchun ekranni ikki barmoq holda ushlab kattalashtirish uchun ikki tomonga tortiladi va ko’zga yaxshi ko’rinarli darajaga keladi.
Allaqachon ro’yxatdan o’tganmisiz?!
Agarda siz platformadan avval ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz yoki ma’lum muddatdan so’ng qayta kirmoqchi bo’lsangiz, bu uchun doimgi platfromaning linkini ustiga bosish yoki Google qidiruv orqali www.hall.world-expo.uz so’zlarini yozib kirasiz. Shundan so’ng “Join” tugmasini bosib “Login” ya’ni O’zbek va Rus tillarida Kirish ma’nosini beruvchi tugmaga ro’yxatdan o’tgan paytdagi email manzil va o’sha parol so’zlarni kiritasiz.
Talabalar/o’qituvchilar/ota-onalar uchun ushbu ta’lim ko’rgazmasida qatnashish mutlaqo BEPUL, lekin oldindan ro’yxatdan o’tish muhim.
RO’YXATDAN O’TISH
BIZNI KUZATING
WORLD EXPO kompaniyasi orqali dunyoning xohlagan universitet vakillari bilan tog’ridan to’g’ri muloqot qila olish va orzungizdagi universitetda ortiqcha sarf-xarajatlar va qiyinchiliklarsiz talaba bo’lish imkoniga egasiz.
Bizni sotsial tarmoqlarda kuzatib boring. Zero, eng so’nggi ajoyib takliflarni o’tkazib yubormang.